Toshkent shahridan doimiy yashash uchun eng ko'p aholi qaysi hududlarga ko'chib ketgani ochiqlandi

Toshkent shahridan koʻchib ketish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 676 kishiga (9,6 foizga) oshgan

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news

2022-yilning yanvar-senyabr oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududlariga doimiy yashash maqsadida koʻchib ketganlari soni 7 ming 741 nafar kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahridan koʻchib ketish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 676 kishiga (9,6 foizga) oshgan.

Toshkent shahridan boshqa hududlarga doimiy yashash uchun koʻchib ketganlar soni:

— Toshkent viloyati – 5778 kishi;

— Qashqadaryo viloyati – 312 kishi;

— Samarqand viloyati – 224 kishi;

— Buxoro viloyati – 195 kishi;

— Surxondaryo viloyati – 178 kishi;

— Xorazm viloyati – 176 kishi;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 149 kishi;

— Farg‘ona viloyati – 147 kishi;

— Andijon viloyati – 132 kishi;

— Jizzax viloyati – 130 kishi;

—Navoiy viloyati – 128 kishi;

—Sirdaryo viloyati – 121 kishi;

— Namangan viloyati – 71 kishi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling