Toshkentda rossiyaliklarning oqimi tufayli kvartiralar ijara narxi keskin ko‘tarilib ketdi

Agentliklardan biriga Toshkentga kelgan 2 mingdan ortiq rossiyaliklar uchun ijara topish buyrug‘i kelib tushgan

Foto: Repost uz

Foto: Repost uz

Toshkentda so‘nggi ikki oyda ijaraga beriladigan kvartiralar narxi keskin oshgan. Rieltorlar bu o‘sishni rossiyaliklar oqimi bilan bog‘lashmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Hozirda bir xonali yoki ikki xonali kvartirani 600 dollardan 1000-1500 dollargacha ijaraga olish mumkin. Bungacha narx 450 dollardan oshmasdi. Shu bilan birga, chet elliklar har kuni kvartira topishda yordam so'rashmoqda.

Misol uchun, rieltorlik agentliklaridan biriga Toshkentga kelgan 2000 dan ortiq rossiyaliklar uchun ijara topish bo‘yicha buyurtma kelib tushgan. Shu sababli, xususiy rieltorlarga ehtiyoj ortgan.

Kvartirasini sotishni rejalashtirgan mijozlar o'z fikrlaridan qaytib, ijarada pul ishlashga qaror qilgan, - deydi rieltorlardan biri.

Aytish joizki, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ham xuddi shunday maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Uy-joy narxining eng katta o‘sishi Chilonzor, Olmazor va Shayxontoxur tumanlarida qayd etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling