Foto: UzReport.news
2022-yil yanvar-avgust oylarida respublikaning boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni 33 ming 802 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 ming 572 kishiga kamaygan.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahriga koʻchib kelganlarning qariyb 16 ming nafari erkaklar, 17 ming 835 nafarini esa ayollar tashkil etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling