O'zbekistonda bir kunda qariyb 160 nafar odamda koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Kasallikka eng ko'p chalinish holatlari Toshkent shahri va viloyatida bo'lmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekiston boʻylab 1-dekabr kuni 159 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanganlarning:

  • 7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 12 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 12 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Fargʻona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 19 nafari Toshkent viloyatida,
  • 64 nafari Toshkent shahrida

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, 30-noyabr holatiga ko'ra, 154 nafar, 29-noyabr kuni esa 140 kishidan ortiq fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holatlari qayt etilgani xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling