Toshkentdagi avtoservislar

Saytimiz foydalanuvchilari uchun o‘z ishining ustalari ishlayotgan Toshkentdagi eng yaxshi va ishonchli avtoservislar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Foto: amastecar.ru

Foto: amastecar.ru

Ushbu maqolada:

                              1 Fors uz

                              2 East Avto

                              3 Aksalo

                              4 Avtoritet

                              5 Asacar

                              6 Avtodispetcher.uz

Repost.uz tahririyati siz uchun Toshkent shahridagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish markazlari ro‘yxatini tayyorladi, bu yerda siz xizmatlarning to‘liq spektri bilan tanishishingiz mumkin. Bu markazlarda yetarli tajribaga ega, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mexaniklar, muhandislar, xizmat ko‘rsatish menejerlari ishlaydi. Xodimlar sizni kutib olish, mashinangizni to'liq avtomatik diagnostika qilish va avtomobilingizdagi har qanday texnik muammoni hal qilishga tayyor. Bundan tashqari, avtoulovlarga xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari sizga qaysi texnik ishlarni zudlik bilan bajarish kerakligini va qaysi birini kutishingiz mumkinligini haqida ma’lumot beradilar.

Fors uz

Fors.uz xizmat ko'rsatish markazi O'zbekiston bozoriga 2009 - yilda kirib kelgan va hozirgi kungacha o'z mijozlariga sifatli xizmat ko'rsatib kelyapti. Ko'rsatilgan xizmatlar orasida dvigatelni ta'mirlash, texnik suyuqliklarni almashtirish, yonilg'i tizimini erituvchi va ultratovush bilan tozalash, svecha almashtirish, yog' tizimi va sovutish tizimini tozalash kabilarni ajratib ko'rsatish mumkin. Ushbu asosiy xizmatlardan tashqari, boshqa ko'plab yo’nalishlar mavjud. Aksariyat haydovchilar avtoservisning bir xususiyatini ham aytib ta’kidlab o’tishadi: qulay kutish xonasi, qahva va choy, shuningdek, Wi-Fi zonasi.

Manzil: Usmon Nosir k. 131

Aloqa uchun raqam: +99890 986 8055 

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

East Avto

Avtoulovlarga xizmat ko'rsatish markazi quyidagi xizmatlarni o’z ichiga oladi: barcha turdagi avtomobillarni diagnostika qilish, shinalarni o'rnatish, “xodovoy”larni  ta'mirlash va diagnostika qilish, moyni almashtirish va boshqalar. Xizmat xodimlari sizda avtomobil dvigatelida muammo bo'lmasligiga va'da berishadi. Bu yerda mijozlar har bir mijozga individual yondashuvni, yuqori professional va samimiy xodimlarni uchratasiz.

Manzil: Chilonzor 19- kvartal

Aloqa uchun: +99890 992 45 31

Aksalo

Ushbu markaz asoschilari o'z mehmonlariga qulay va sifatli xizmat taklif qilishadi. Mexaniklar, muhandislar yetarli ish tajribasiga ega. Bu yerda sizga tez va professional darajada xizmat ko'rsatiladi, avtomobilingiz esa eng qisqa vaqt ichida ta'mirlanadi. Bundan tashqari, mijozlar xizmatlar uchun qo’yilgan narxlardan mamnun 

Manzil: Uchtepa tum. Foziltepa,34

Aloqa uchun: +99897 777 00 50

Avtoritet

Hech qachon to’xtab qolmaydigan va doimo harakatda bo'lgan xizmat ko'rsatish markazi. Ularning o'z oldiga qo'ygan vazifalari faqat tezkor yechimlar va imkoniyatlarni topish. Kompaniyaning asosiy qoidasi: "Avtoritet Group" har kuni bir qadam yuqoriga ko'tarilishi kerak. Aynan shuning uchun ular yetakchi o'rinlarni egallab, ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilab borishadi. Xo'sh, nega ularni tanlash kerak? Bu yerda ilg'or texnologiyalar, malakali xodimlar va keng turdagi mahsulotlarni ko'rasiz. 



Manzil: Shayhontohur tum. Nurafshon, 2

Aloqa uchun: +99899 517 09 90, +99899 067 09 90

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Asacar

Hozirda ushbu avtoservis markazi xodimlari professional xizmatlarni ko'rsatadigan yanada foydali dasturlarni yaratish ustida ishlamoqda. Menejerlar va muhandislar sizning avtomobilingiz muammosini diqqat bilan o'rganib, o'z vaqtida ta'mirlashni ta'minlaydilar. Xodimlar natijani sifatli bo’lishiga harakat qiladi va ular ishonchingizni qozonishga tayyor.

Manzil: Shota Rustaveli k. 152 A

Aloqa uchun:  +998 71 215-77-77

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Avtodispetcher.uz

Xizmat ko'rsatish markazi, bu yerda diagnostikadan so'ng, xodimlar sizga mashinangizni qaysi qismini zudlik bilan ta’mirlash kerakligini, qaysi “chidasa bo’ladigan” ahvoldaligini aytib berishadi. Menejerlar va muhandislar savollarga batafsil javob berib,  ta'mirlashning yakuniy narxini hisoblaydi. Bu yerda sizga qo'shimcha ishlar yuklanmaydi va sizning roziligingizsiz ta'mirlash boshlanmaydi.

Manzil: Mirobod tum. Mirobod 27/9/28

Aloqa uchun: 71 2073333, 99 9900911

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling