Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni boʻyicha eng koʻp Toshkent shahri (4433 ta) va Fargʻona viloyatida (3979 ta) qayd etilgan boʻlsa, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni boʻyicha Toshkent shahri (2 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatilgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 1554 ta
Andijon viloyati – 3673 ta
Buxoro viloyati – 1986 ta
Jizzax viloyati – 1231 ta
Qashqadaryo viloyati – 2731 ta
Navoiy viloyati – 1060 ta
Namangan viloyati – 3250 ta
Samarqand viloyati – 3799 ta
Surxondaryo viloyati – 2075 ta
Sirdaryo viloyati – 1337 ta
Toshkent viloyati – 3845 ta
Fargʻona viloyati – 3979 ta
Xorazm viloyati – 1511 ta
Toshkent shahri – 4433 tani tashkil qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling