Toshkentda vaqtinchalik propiska olish uchun ariza topshirish osonlashadi

Elektron roʻyxatga olish 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentyabrgacha tashkil etiladi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarorida aytib oʼtilgan.

Hujjatga asosan, maxsus planshetlar orqali elektron roʻyxatga olish 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentyabrgacha tashkil etiladi.

Fuqarolar mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasida koʻrsatilganidek, Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Fuqarolar kelgan kundan boshlab 15 kun ichida vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

— oʻziga yaqin manzildagi profilaktika inspektorlariga;

— migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga;

— Davlat xizmatlari markazlariga;

— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling