Toshkentdagi uy ijarasi eng qimmat bo'lgan tumanlari ma'lum qilindi

Eng arzon kvartiralar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida qayd etilgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Yil boshidan buyon Toshkentda uy-joylarning oʻrtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi. Bu haqda “Kapital” CERRga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yozda boshlangan ijara uylarning faol savdosi oktyabr oyiga kelib pasaygan. Shu bilan birga, koʻchmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga oshgan.

Sotishning eng yuqori oʻsish surʼatlari:

Jizzax viloyati - 42 foiz;

Sirdaryo viloyati – 29 foiz;

Toshkent - 15 foiz.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida uy-joy ijarasining oʻrtacha narxi 17 foizga oshgan va 1 kv.m uchun 10,5 dollarni tashkil etmoqda, yil boshidan buyon bu koʻrsatkich 43 foizdan ziyodga oshgan.

Xabarga koʻra, Toshkent shahridagi ijarasi eng qimmat kvartiralar Shayxontoxur, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida ekanligi maʼlum qilingan. Shuningdek, Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida kvartira ijarasi boʻyicha eng arzon narxlar qayd etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling