Toshkentdagi Tatuirovka salonlari

Toshkent shahridagi tatuirovka va uni olib tashlash xizmatlari arzon narxlarda taqdim etiladigan tatu salonlari.

Foto: ERR

Foto: ERR

Ushbu maqolada:

  • Art Dom
  • Moroz Tatoo
  • Barbershop Uncle Chill
  • Tatoo Tashkent
  • Set Tatoo Studio
  • Milad Tatoo
  • MML Tatoo
  • Pintados Tatoo Studio

Tatuirovka  moda sifatida uzoq yillardan beri mavjud, ammo tanaga chizmalar tushurish hali ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Tatuirovka - bu sizning hayotingiz davomida ma'lum bir vaqtni eslatuvchi  biror bir ma'noni anglatuvchi bezak, ramz hisoblanadi.

Tanqid va qoralashdan qo'rqmaydiganlar uchun Toshkent shahridagi malakali mutaxassislar ishlaydigan tatuirovka salonlari ro'yxatini taqdim etamiz.

Art Dom

Aloqa uchun nomer: + 998 97 102 37 57

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Ushbu tatuirovka saloni minimalistik suratlar bo'yicha Toshkentda birinchi o'rinda turadi. Tatuirovka chizadigan hodimlar Moskvada o'qitilgan, malakali, o’z ishining ustalari hisoblanadi. Mini tatuirovka narxi 400 000 so'mdan boshlanadi. O'zi tatuirovka qilishni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun tatuirovka studiyasi ham samarali treninglar taklif qiladi.

Moroz Tattoo

Manzil: Sergeli 2, 45

Aloqa uchun nomer: + 998 90 907 21 19

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

O'z ishi borlig’iga aylangan mutaxassisning kichik tatuirovka studiyasi. Sizning shaxsiy eskizingiz bo'yicha rasm tanlashda yoki yuqori sifatli ishni yaratishda yordam berishi mumkin. Har qanday qiyinlik darajasidagi chizmalarni o'zida mujassam etgan.

Barbershop Uncle Chill

Manzil: Toshkent sh. Matbuotchilar k.  Zarafshon m.

Nomer: + 998 97 776 66 92

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Tatuirovka saloni depilyatsiya xizmatlaridan tortib, g'oyalarni chizmalar ko'rinishida tanaga tushirishni amalga oshirishgacha bo'lgan turli xil  xizmatlarini taqdim etadi. Har qanday ish mijozning barcha istaklarini inobatga olgan holda batafsil maslahatlashib qilinadi.

Tattoo Tashkent

Aloqa uchun nomer: + 998 90 902 66 40

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Xalqaro sifat standartlarida belgilangan barcha qoidalarga rioya qiladigan tatuirovka san'ati studiyasi. Barcha ishlar gigiyena qoidalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi va asboblar sanitariya-epidemiologik ishlov berishdan o'tkaziladi. Mijozlar oldida bir marta ishlatiladigan asboblar taqdim etiladi, chizmalarni qo'llash uchun Amerika  materiallari va bo'yoqlardan foydalaniladi.

Set Tattoo Studio

Aloqa uchun nomer: + 998 94 625 51 71

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Ushbu salon har qanday murakkablikdagi va har qanday dizayndagi chizmalar va rangli qoplamalarni o’z ichiga oladi. Tatuirovka ustasi oson seans, tez tiklanish va ideal yakuniy natija berishini kafolatlaydi.

Milad Tatoo

Aloqa uchun nomer: + 998 99 830 08 79

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Kichkina, minimalistik tatuirovkalardan tortib tanadagi katta shedevrlar ustasi Milad Ismailov hisoblanadi. Tatuirovka xizmati quyidagilarni o’z ichiga oladi: qo’lga tushirilgan tatuirovka, bo'yin qismidagi tatuirovka yoki mini-tatuirovka.

Aloqa uchun nomer: + 998 90 982 54 88

MML Tattoo

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Tatuirovka saloni sertifikatli ustalar xizmatini taqdim etadi. Buyurtma bo'yicha tanaga har qanday murakkablikdagi chizmalar va badiiy rasmlar chiziladi.

Pintados Tattoo Studio

Aloqa uchun nomer: + 998 91 136 36 63

Ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram

Mamlakatimizdagi professional tatuirovka studiyasi, bu yerda eng yaxshi tatu ustalaridan iborat jamoa ishlaydi, har qanday murakkablikdagi eskizlar taqdim etiladi. Shuningdek, bu yerda lazer yordamida tatuni o’chirish xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling