Qamchiq dovonida qor balandligi 1,2 metrga yetgani aytildi

Havo harorati -7 daraja sovuqni tashkil qilmoqda

Foto: Autostrada.uz

Foto: Autostrada.uz

Qamchiq dovoni togʻ yonbag’rilarida qor balandligi 1 metr 20 sm yetdi, hozirda qor yog'ishda davom etmoqda.  Bu haqda Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Qamchiq dovonidagi kuzatuv punktida, qor balandligi 59 sm, tog‘ yonbag‘irlarida  esa120 sm, havo harorati -7 daraja sovuqni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Qamchiq dovonida noqulay ob-havo tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan haydovchiga yordam koʻrsatilgani xabar qilindi.

Qayd etilishicha, 4-dekabr kuni soat 20:30 da Toshkent-Oʻsh avtomobil yoʻlining 228-kilometri Qamchiq dovoni qismida avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan avtomobil haydovchisiga yordam koʻrsatib, uni qutqarib olgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling