Foto: CentralAsia
Tolibon Afg'onistondan boshqa davlat harbiylarining olib chiqish kunini dam olish kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Khaama xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avgust oyining so'nggi kunlarida butun mamlakat bo'ylab maxsus tadbirlar o'tkaziladi.
Aytish kerak, 15-avgustni Tolibon hukumat tepasiga kelgan kun sifatida dam olish kuni deb e'lon qilgan edi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan yilning avgust oyi boshida, AQSh qo'shinlari Afg'onistondan olib chiqilgach, "Tolibon" jangarilari hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujum uyushtirgan va 15-avgust kuni Kobulga kirib kelgan. 31-avgustga o'tar kechasi AQSh Afg'onistondan barcha harbiylarini olib chiqib ketganini e'lon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunlagan.
Yigirma yil davomida xorijiy qo'shinlar Afg'onistonda toliblar va boshqa terroristik guruhlarga qarshi kurashib kelmoqda.
2020-yil fevral oyida Qo'shma Shtatlar Tolibon bilan tinchlik bitimi tuzishga kelishib olgan. Keyin Afg'onistonda Amerika kontingenti asta-sekin qisqartirilgan. Ma'lumki, xorijiy qo'shinlarni olib chiqishning yakuniy bosqichi Tolibon 15-avgustdan 16-avgustga o'tar kechasi Kobulni qarshiliksiz egallab olganidan so'ng sodir bo'ldi.
Shuningdek, 16-avgustdan boshlab xorijlik harbiylar Kobul aeroporti orqali 2001-2021-yillarda xorijliklar bilan hamkorlik qilgan xorij fuqarolari va afg'onlarni samolyotlar orqali evakuatsiya qilishni amalga oshirgan
Shu bilan bir qatorda, 31-avgust kuni xorijiy qo'shinlarni evakuatsiya qilish va olib chiqish yakunlandi. Amerikaning oxirgi samolyotida Kobuldagi AQSh qo'shinlari qo'mondoni Kris Donaxyu va AQShning Afg'onistondagi elchisi Ross Uilson Afg'oniston poytaxtini tark etishdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling