Foto: Instagram
Yainda xonanda va bloger Ruhsora Em obunachilarning savollariga javob berishga qaror qildi. Qizning obunachilaridan biri uning asosiy daromad manbai nima ekanligiga qiziqdi.
“Men faqat Instagramdagi reklamalar orqali pul olaman. Baʼzan meni konsertlarga taklif qilishadi. Toʻylarda qatnashmaganim uchun musiqa ortidan pul topmayman. Lekin oʻzimga mos kichikroq biznes qilishni oʻylayapman”, — deydi u.
Foto: Instagram
Bundan tashqari u qaygʻu va depressiyani qanday yengishi haqida maʼlum qildi.
"Gʻamgin boʻlsam xafa boʻlaman, yigʻlayman, lekin oʻzimni aldamoqchi emasman. Oʻzimga muddat belgilab qoʻydim: “Bugun yigʻlayman, ertaga esa oʻzimga kelib, davom etishim kerak”, — deydi Ruhsora.
Shuningdek, u boʻlajak turmush oʻrtogʻi blog yuritishga qarshi boʻlsa, u murosaga kelishini, chunki adekvat odam uning manfaatlarini hurmat qilishini taʼkidladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling