Toshkentdagi ayrim gaz quyish shoxobchalarida jamoat transporti uchun alohida yo'laklar tashkil etildi

5-dekabr kuni soat 12:00 holatiga koʻra, jami 900 taga yaqin avtobuslar yoʻnalishlarga chiqarilgan

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news

Toshkentda gaz quyish shoxobchalarida jamoat transportlari uchun alohida yoʻlaklar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida jamoat transporti harakati uzluksizligini taʼminlash maqsadida belgilangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida jamoat transporti uchun alohida yoʻlaklar tashkil etilgan.

Xabarga koʻra, 5-dekabr kuni soat 12:00 holatiga koʻra, jami 900 taga yaqin avtobuslar yoʻnalishlarga chiqarilgan.

“Toshshahartransxizmat AJning avtobus saroyi filiallarida avtobuslarga texnik xizmat koʻrsatish tezkorlik bilan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, yoʻnalishlarda harakat davomida yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling