Yil boshidan buyon O'zbekistonda yo'l harakati qoidalarini buzgan 37 mingdan ortiq piyoda jarimaga tortilgan

Yanvar-sentyabr oylarida yo'l-transport hodisalari oqibatida 97 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan

Foto: IIV YHXB matbuot xizmati

Foto: IIV YHXB matbuot xizmati

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida yo‘l harakati qoidalarini buzgan 37 mingdan ortiq piyoda javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi natijasida bir qancha yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, yo'l-transport hodisalari aholining jiddiy muammosi bo'lib, bolalar o'limi, jarohati va nogironligining asosiy sababi bo'lib hisoblanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar ishtirokida 595 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Baxtsiz hodisalar natijasida 529 nafar voyaga yetmaganlar turli tan jarohatlari olgan, yana 97 nafari vafot etgan.

Xabarga ko'ra, yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi ko‘magida INTERNET of GOOD THINGS maxsus platformasida “Xavfsiz yo‘l” bo‘limi ishlab chiqilgan bo‘lib, u bolalar uchun yo‘l harakati qoidalari hamda boshqa jihatlar bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling