Foto: O'zA
Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha oʻrinbosarlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori chiqdi.
Unga ko'ra:
- Rustamxon Azizov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;
- Aziz Gafurov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;
- Aleksey Sim Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.