Foto: Telegram
Qarshi xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qattiq sovuq tuman tufayli ko‘rish chegarasining pasayib ketishi (gorizontal – 200 m, vertikal 50 m) Qashqadaryo viloyati markazidagi xalqaro aeroportda reyslarni qabul qilish va jo‘natishni cheklab qo‘ygan.
Xususan, Qarshi aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman va havo harorati -3°) tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishi bo‘yicha, soat 08:00 da, uchishi lozim bo‘lgan HY-77 reysi hali-hamon poytaxtdan ucha olmagan.
“Qarshi aeroportidan ma’lum qilinishicha, ko‘rish masofasi asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin ikki soat ichida samolyotlarni qabul qilish va qo‘yib yuborishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin”, – deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling