Hafta davomida respublika bo'ylab qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman tushadi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Oʻzbekiston boʻylab hafta davomida ayrim hududlarda yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 26 va 27-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda kuchsiz yomgʻir yogʻadi, shimolda va choʻl hududlarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Kunduzi havo harorati +7...+12 darajagacha iliq baʼzi joylarda +15 daraja iliqgacha koʻtariladi.

28-dekabrda nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 daraja sovuq +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq atrofida boʻladi.

Shuningdek, 29-30-dekabr kunlari respublika boʻyicha yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam. Harorat kechasi -2 daraja sovuq +3 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduzi harorat +2...+7 daraja iliqgacha pasayadi.

Xabarga koʻra, respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman tushadi.

Ushbu haftada togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling