Foto: Repost.uz
Oʻzbekistonda hafta davomida havo harorati pasayishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 14-oktyabr kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida atmosfera fronti oʻtishida yomgʻir yogʻadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzgi harorat +9...+14 daraja atrofida iliq boʻladi.
15-noyabrda Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Volga boʻyi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Ustyurtda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas. Havo harorati meʼyor atrofida saqlanib turadi.
16-noyabrda sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati +5...+7 darajagacha pasayadi, bu ushbu kunning meʼyoridan +8...+10 darajaga pastdir.
17-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq havo massasining taʼsiri saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 0...-2 darajagacha pasayadi, kunduzi quyosh hisobiga +8...+10 darajagacha iliq boʻlishi mumkin.
18-noyabrda Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shuningdek, hafta davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
14-15-noyabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamolning kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.
14-18-noyabr kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 15-16-noyabrda Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin, buning hisobiga togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling