Farg'onada yuz bergan YTH oqibatida 41 yoshli yo'lovchi vafot etdi — video

Yoʻlni qalin tuman qoplagani sabab boshqaruvni yoʻqotgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Fargʻona viloyati Buvayda tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 41 yoshli yoʻlovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 24-noyabr kuni Buvayda tumani Yangi qadam qishlogʻidan oʻtgan A-373 Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlining 321-kilometrida sodir boʻlgan.

Unga koʻra, Namangan viloyatida tugʻilgan 31 yoshli haydovchi Gentra mashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlni qalin tuman qoplagani sabab boshqaruvni yoʻqotgan. Natijada oʻzidan oldinda ketayotgan DAF rusumli yuk mashinasi va unga ulangan yarim tirkamaga borib urilgan.

Maʼlum qilinishicha, sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Gentra avtomashinasidagi 41 yoshli yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling