Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon–Shahrixon yoʻlida quyuq tuman tushgani va yoʻl muzlagani sababli oʻnlab mashinalar ishtirokida YTH sodir boʻlgani aytilgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani hududidan oʻtgan A373 xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yoʻlning 420-kilometrida 8 ta avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Avtotransport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Asaka tumani YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay ob-havo sharoitida tezlikni oshirmasdan, oraliq masofani saqlagan xolda harakatlanishlarini soʻrab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling