Foto: Instagram
Guljaxon Maxamatjonovna Turdiqulova - sportchi, 2019-yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori, 2017-2018-yillarda o'tkazilgan Osiyo chempionatining ikki karra chempioni va besh karra O'zbekiston chempioni.
"Mening ismim Guljaxon, 29 yoshdaman, ayni damda Olma-otada, fitnes klublardan birida ishlayapman. 2015-yildan buyon sport bilan shug‘ullanaman, 2016-yildan boshlab fitnes-model va murabbiy sifatida faoliyat yuritaman”, — deydi qahramonimiz.
"Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida tugʻilganman. Hozirda boshqa shaharda yashayman, yangi hayot boshlab, u yerda rivojlanmoqchiman”, — deb qo'shimcha qilgan model.
2016-yilda O'zbekiston kubogidagi debyutida u ikkinchi o'rinni olib, o'zining ilk medalini qo'lga kiritgan. 2017-yilda esa Toshkent kubogida birinchi o‘rinni egallagan, o‘sha yili Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etib, u yerda ham birinchi o‘ringa loyiq ko'rilgan.
Bundan tashqari, u vitse-jahon chempioni, "Arnold classic" musobaqasida 4-o'rinni va "NPC world"da 3-o'rinni egallagan.
"Har bir musobaqadan keyin hammasi faqat o'zimga, xohishimga bog'liqligini tushunaman. Men har doim ko'proq va yaxshiroq harakat qilishni xohlayman. Katta muvaffaqiyatlar istayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Guljaxon.
"Kelajakda Xalqaro bodibilding va fitnes federatsiyasidan dunyoning eng yaxshi sportchilari bilan bellashib, “Pro Card” olishni, oila qurishni, baxtli ona va suyukli yor bo'lishni hohlayman", — deb ta'kidlaydi sportchi.
Shuningdek, qahramonimiz "Miss Olympia" bo'lishni orzu qiladi. "Miss Olimpia" eng yuqori reytingga ega bo'lgan ayollar bodibilding bo'yicha professional musobaqa hisoblanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling