Foto: Uzbeksitan Travel
Oʻzbekistonning asosiy Yangi yil archasi MDH davlatlari orasidagi eng baland archalar uchtaligiga kirdi. Bu haqda “TurStat” portali eʼlon qilgan 2022-yilgi MDH mamlakatlari poytaxtlariga oʻrnatilgan eng baland Yangi yil archalari reytingida qayd etilgan.
Reytingga koʻra, irinchi oʻrinni Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi archa egallagan. Ushbu bayram archasining balandligi 43 metr boʻlib, mamlakat poytaxtidagi “Alem” madaniy-koʻngilochar markazi qarshisiga oʻrnatilgan va unga osilgan rang-barang chiroqlar 2022-yilning 15-dekabr kuni yoqilgan.
Ikkinchi oʻrinni esa Armaniston poytaxtidagi 37 metrlik archa qayd etgan boʻlib, u 5-dekabr kuni Yerevandagi Respublika maydoniga oʻrnatilgan.
Mazkur roʻyxatning uchinchi oʻrinni esa Oʻzbekistonning asosiy archasi sifatida Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi “Istiqlol” majmuasiga oʻrnatilgan 35 metrlik archa egallagan.
Shuningdek, roʻyxatdagi top oʻntalikdan Bokudagi 34 metrlik, Dushanbedagi 30 metrlik, Moskva va Minskdagi 27 metrlik, Ostona va Bishkekdagi 25 metrlik hamda Kishinyovdagi 20 metrlik archalar oʻrin olgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling