Foto: Tez News
Toshkent viloyati Angren shahrida hokimning sobiq yordamchisi oʻzini oʻzi otib qoʻydi. Bu haqda “Repost.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2-dekabr kuni soat 15:00 larda Angren shahrining “Ulugʻbek” mahallasida yashovchi 39 yoshli fuqaro oʻz xonadonida jonsiz holda topilgan. Maʼlum qilinishicha, “Ovchilik” birlashmasiga qonuniy aʼzo boʻlgan B.N. oʻziga tegishli boʻlgan ov qurolidan tanasining chap koʻkrak sohasi qismiga taqab sochma qoʻrgʻoshinli oʻqdan bir marotaga uzgan va voqea joyida vafot etgan.
Aniqlanishicha, u avval Angren shahar “Dorilfunun” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlagan. Ishdan boʻshaganiga koʻp boʻlmagan fuqaro otasining oʻlimidan chuqur tushkunlikka tushib qolgan. Xabarga koʻra, marhumning toʻrt farzandi boʻlgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling