Foto: telegram
Internetda chiroqchilik yigit ikki kishi tomonida kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi ushbu voqeani o'rganib, xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, marhum 12-avgustga o'tar kechasi unashtirilgan qizi bilan uchrashish uchun yarim tunda qizning yoniga borgan.
Voqeaga guvoh bo'lgan yigitning do'stlaridan biri shunday deydi:
“Uchrashuvdan chiqdik, ketayotganimizda orqamizdan qizning sinfdoshlari 'haq berasizlarʼ deb quvishdi. Mashinada bizni to'sib to'xtatishdi. Biz o'tirgan mashina orqa farasini tepib sindirishgan edi. Shuning orqasidan janjal kelib chiqdi.."
Qashqadaryo viloyati IIB xabar qilishicha, holat yuzasidan hozirda ikki nafar gumonlanuvchi qo'lga olingan. Voqeaga guvoh bo'lganlarning aytishicha, marhumni 20 ga yaqin yigitlar kaltaklagan.
Marhumning otasi hamda qishloq oqsoqoli 22 yoshli yigitni ikki kishi emas 15-20 kishi urganini aytib qolganlar uchun ham qonuniy jazo tayinlanishini so'rashmoqda
Janjal ishtirokchilarining aksariyati 2004-yilda tug'ilgan yigitlar bo'lib, ularning ko'p qismi marhum unashtirilgan qizning sinfdoshlari ekani aytilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling