Foto: Videodan lavha
27-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanidagi 76-maktabda bir guruh oʻquvchilar mashinada archa atrofida aylandi. Viloyat IIB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “Suvliq” mahallasida joylashgan 76-maktab oʻyingohida Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻrnatilgan archa atrofida 4 nafar 11-sinf oʻquvchisi Lacetti va 2 ta Cobaltʼda huquqbuzarlik sodir etgan.
Mazhur holat yuzasidan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʻlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli chora koʻrilgan.
Xabarga koʻra, voyaga yetmagan oʻquvchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, huquqiy tushuntirish ishlari olib borilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling