Qozog'iston parlamenti Nazarboyevning kafolatlari va imtiyozlari haqidagi qonunni bekor qiluvchi tuzatishlarni ko'rib chiqadi

Koshanovning maʼlum qilishicha, bu norma qabul qilinganidan keyin birinchi prezident toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonun ham oʻz kuchini yoʻqotadi

Foto" width="540" height="360" style="height: auto;">

Foto" RIA Novosti

28-dekabr kuni Qozogʻiston parlamenti mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev haqidagi qonunni bekor qiluvchi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritishni koʻrib chiqishni boshlaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu majlis davomida “Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti — Elboshi toʻgʻrisida”gi Qozogʻiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi koʻrib chiqiladi.

“Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar Elboshi maqomini istisno qiladi. Nazarboyevning davlat asoschisi sifatidagi roli konstitutsiyada qoladi. Bu norma qabul qilinganidan keyin birinchi prezident toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonun ham oʻz kuchini yoʻqotadi”, - deydi Qozogʻiston parlamenti Majilisi raisi Koshanov.

Avvalroq, mamlakat yuqori palatasi Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev kunini davlat bayramlari roʻyxatidan chiqarib tashlagan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling