Foto: Yahoo
Twitter tarmogʻining yangi egasi Ilon Mask tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma ishtirokchilari sobiq Amerika prezidenti Donald Trampning sahifasi tiklanishi uchun ovoz berdi.
So'rovdaa 15 mlndan ortiq foydalanuvchi qatnashgan. Ularning qariyb 52 foizi Tramp sahifasi tiklanishi uchun ovoz bergan, natijada sobiq prezident sahifasi taqiqdan chiqarildi.
Uning sahifasi 2021-yil 8-yanvarda, Tramp tarafdorlari Kongressning Jo Baydenning prezidentlik gʻalabasini tasdiqlashiga toʻsqinlik qilish maqsadida Kapitoliyga bostirib kirishganidan ikki kun oʻtib muzlatib qoʻyilgandi.
Qayta tiklangan sahifada Tramp hali hech narsa yozmagan. Biroq, unga allaqachon 600 mingdan ortiq kishi obuna boʻlib ulgurdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling