Foto: Информационный портал города Московский
Twitter ijtimoiy tarmogʻida Moskvadagi jamoat transportlaridan birida Rossiya armiyasiga yollanish uchun chaqiriq aks etgan oʻzbek tilidagi eʼlon berilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur surat Gulruh Saʼdullayeva ismli foydalanuvchi tomonidan joylangan. Suratlarda koʻrish mumkinki, mazkur chaqiruv eʼloni Moskva shahrining Salarevo metrosi va Marino aholi punkti oraligʻida harakatlanuvchi 420-avtobusdagi monitorda namoyish qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu surat 7-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 18:26 (Toshkent vaqti bilan 20:26) da olinganini koʻrish mumkin.
“Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma boʻyicha harbiy xizmatga kirganingizda, siz Rossiya Federatsiyasi prezidenti farmoniga muvofiq, soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishingiz mumkin”, — deyiladi eʼlonda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling