Time jurnali Vladimir Zelenskiyni "yil odami" va "Ukraina ruhi" deb topdi

Jurnal Ukraina prezidenti butun dunyoni ilhomlantirganini ta'kidlagan

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati<br>

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Amerikaning The Time jurnali tomonidan 2022-yil yakunlariga koʻra Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Yil odami” hamda “Ukraina ruhi” deb topildi.

“Vladimir Zelenskiy dunyoni biz oʻnlab yillar davomida koʻrmagan tarzda ilhomlantirdi. Rossiyaning Ukrainaga nisbatan hujumlaridan bir necha hafta oʻtgach, uning Kiyevdan qochib ketmaslik, balki mamlakatda qolib boshqa mamlakatlardan oʻz yurti uchun yordam soʻrash qarori uning hayotini oʻzgartirdi”, — deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, jurnalning 7-dekabr kungi soni muqovasida Zelenskiyning surati va “Yil odami”, Vladimir Zelenskiy va Ukraina ruhi” yozuvlari chop etilgan.

“Zelenskiyning shaharga tashrifi Rossiyaning chekinishidan keyingi sharmandalikni yanada kuchaytirdi va Ukrainaning qishda ham qarshilikni davom ettirishga boʻlgan ishtiyoqini oshirdi”, — deyiladi jurnalda.

Shuningdek, nashr hisobotida 180 milliondan ortiq bepul ovqat tarqatgan oshpaz Yevgeniy Klopotenko va Mariupolda yaralangan tinch aholini davolagan shifokor Yuliya Payevskaya haqida soʻz borgan.

Avvalroq, Britaniyaning Financial Times gazetasi talqiniga koʻra, Vladimir Zelenskiy “yil odami” deb eʼlon qilingan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling