"Liverpul"ning asosiy himoyachilaridan biri olgan jarohati sababli vaqtincha jamoa safidan chiqdi

Klubning jarohatlangan o'yinchilari soni sakkiz nafarga yetgan

Foto: Sposts.ru<br>

Foto: Sposts.ru

Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Endryu Robertson tizzasidan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma'lum qildi.

“Robertson Chempionlar ligasi 2-tur oʻyiniga tayyor emas. U jarohati sababli milliy jamoalar ishtirokida oʻtadigan FIFA o'yinlaridan keyin safga qaytsa kerak. Kyortis ham oʻyinga tayyor emas. Fabiu kecha mashgʻulotlarda qatnashdi, ammo “Ayaks”ga qarshi oʻynay olmaydi. Nabi Keyta oktyabrda safga qaytishi mumkin. U terma jamoasi yigʻiniga bormaydi. Oksleyd-Chemberlen ham xuddi shunday vaziyatda. Shu bois bu oʻyinchilar Chempionlar ligasi oʻyinlari uchun qaydnomada yoʻq”, — deydi Klopp oʻyin oldi matbuot anjumanida.

Ma'lum qilinishicha, klubning jarohatlangan o'yinchilari soni sakkiz nafarga yetgan. Bunga qadar, Jordan Henderson, Ibraima Konate, Kertis Jons, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Kuivin Kellexer, Kelvin Remzi, Nabi Keyta singari oʻyinchilar olgan jarohatlari sabab klubni vaqtincha tark etgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling