Foto: Samarqand IIB
Samarqandda "Spark" avtomobili yo'lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib "Neksiya" bilan to'qnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, “Spark” haydovchisi boshqaruv davomida qarshi chiziqqa chiqib ketib, “Neksiya” bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida ikki kishi — Spark avtomobili haydovchisi va shifoxonadan olib ketilayotgan uch kunlik chaqaloq halok bo‘lgan. Chaqaloq "Neksiya" mashinasida bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ushbu moddaning 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasiga asosan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling