O'zbekistondagi qamoqxonalarda qancha mahbus saqlanib kelayotgani ma'lum qilindi

Joriy yilning boshidan beri mahkumlar soni 3 mingga kamaygan

Foto: Xalq so'zi

Foto: Xalq so'zi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston qamoqxonalarida 26 mingdan ziyod mahkum saqlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida aytib oʻtildi.

Unga koʻra, ayni paytda Oʻzbekistonda 54 ta jazoni ijro etish koloniyasidan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonlari mavjud.

Jazoni ijro etish tizimida 26 mingdan ortiq mahkumlar saqlanib kelmoqda. Ulardan 8 mingdan ortigʻi manzil koloniyalarida, 18 mingdan ortiq mahkumlar esa boshqa turdagi koloniyalarda jazo muddatini oʻtamoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling