Yaponiyada uchar mashinalar sinovdan o'tkaziladi

Uchar mashinalarning ilk haqiqiy eksperimental parvozlari 2024-moliya yilida amalga oshirilishi kutilmoqda

Foto: The Mirror<br>

Foto: The Mirror

Yaponiyada shaharning jamoat maydonlarida uchar mashinalarning harakatini tashkil etish bo'yicha birinchi tajribalar o'tkaziladi. Bu haqda "TACC" xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Mitsubishi Estate, Japan Airlines va Kanematsu savdo-investitsiya korporatsiyasi hamkorlikda Tokioda uchar avtomobillar bilan tajriba o'tkazdi.

Birinchi bosqichda Mitsubishi Estate Tokio markazidagi ofis osmono'par binolarining tomlari va hududlarida uchar mashinalar o'rnatish uchun joylarni tanlaydi.

Xarajatlar smetasi tuziladi va dastlabki tajribalar o'tkaziladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, boshqariladigan uchar apparatlarning ilk haqiqiy eksperimental parvozlari 2024-moliya yilida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Kanematsu ushbu loyiha uchun biznes modelini tayyorlaydi va JAL uchar avtomobil modelini tanlash bo'yicha qaror qabul qiladi. Hozirda u Japan Airlines sarmoya kiritayotgan Germaniyada joylashgan kompaniya tomonidan ishlab chiqilmoqda. "Shu bilan birga, bu masala bo'yicha aniq qarorlar hali qabul qilingani yo'q", deydi Mitsubishi Estate korporatsiyasi rasmiylari.

Bir qator yapon kompaniyalari 2025-yilda uchar avtomobillardan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo'yish niyatida.

Xususan, ular Osaka shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon ko'rgazmasida yo'lovchilarni tashish uchun ishlatilishi kerak. Hozirda uchar avtomashinani boshqarish uchun litsenziya olish shartlari, bunday qurilmalarning xavfsizlik mezonlari, foydalanish sohalari va hokazolar belgilanmoqda.

Yaponiya hukumati bu yo'nalishdagi ishlarni tezlashtirmoqda, chunki Yomiuri gazetasi yozganidek, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoy kompaniyalarining uchar avtomobillarini joriy etishda raqobat kuchayib borayotganidan xavotirda.

Yaponiya korporatsiyalari ham ularga sarmoya kiritadi. Xususan, Singapur 2023-yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan uchar apparatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyihada Yaponiyaning Japan Airlines aviakompaniyasi ham ishtirok etmoqda.

AQSHning eng yirik banklaridan biri Morgan Stanley ma'lumotlariga ko'ra, 2040-yilga borib uchar avtomobillar global bozori 1,5 trillion dollarga yetishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling