Foto: MOQ
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o‘rin bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog'istonda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha chempionat yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz 9 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bahslar yakunida +100 kg vazn toifasidagi vakillarimiz Bekmurod Oltiboyev hamda Shohruh Baxtiyorov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunlashdi.
O'z navbatida birinchi o‘rinni Yaponiya, ikkinchi o‘rinni esa Mo‘g‘uliston terma jamoalari egalladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling