Toshkent, Namangan va Navoiyda valyuta ayirboshlagan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Yangihayot tumanida fuqaro X.A. fuqaro M.X.ga 5 ming dollarni 64,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Kosonsoy tumanida fuqaro M.S. 4 300 dollarni 55,8 mln so‘mga, Uychi tumanida fuqaro M.A. 4 ming dollarni 51,7 mln so‘mga, Navoiy viloyatida fuqaro J.U. 4 ming dollarni 52,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling