"Metan zapravka"lar ish vaqtini qisqartirdi

Ish jadvali Energetika vazirligi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi

Foto:  Minenergy

Foto:  Minenergy

O‘zbekistonda keskin sovuq munosabati bilan yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “O‘ztransgaz” xabar berdi.

Respublikada tabiiy gaz isteʼmoli oshishi munosabati bilan 2022-yil 9-noyabrdan boshlab barcha gaz quyish shoxobchalari Energetika vazirligi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq maxsus ish rejimiga oʻtkaziladi, deyiladi xabarda.

Yoqilg'i quyish shoxobchalari soat 6:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Yopilish vaqtlari mintaqaga qarab mahalliy hukumat tomonidan belgilanadi.

Ma’lum qilinishicha, tegishli sharoitlar paydo bo‘lishi bilan barcha stansiyalar normal ish faoliyatini boshlaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling