O'zbekistonliklarni dekabr oyida qanday ob-havo kutmoqda?

Sovuq ob-havo oyning birinchi oʻn kunligi oxirigacha saqlanib turadi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekistonda qishning birinchi oyi nisbatan sovuq havo bilan boshlanadi. Oʻzgidromet dekabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqidagi prognozlarini maʼlum qildi.

Unga koʻra, 1-dekabrdan haroratning pasayishi boshlanadi va 3-5-dekabrga kelib respublika hududining katta qismida kechalari -4…-7 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 0…+3 darajagachailiq, baʼzi joylarda -1…-2, shimolda kechalari -10…-13 daraja, kunduz kunlari -4…-7 darajagacha sovuq bo'lishi kutilmoqda.

Hatto respublikaning eng janubiy qismida ham sovuq boʻladi, harorat kechalari 0…-2 daraja sovuq, kunduz kunlari +3…+6 darajagacha iliq bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha sovuq ob-havo dekabr oyining birinchi oʻn kunligi oxirigacha saqlanib turadi.

Respublika boʻyicha 5-dekabrgacha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 5−10-dekabr kunlari davrida respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari boʻyicha ayrim kunlarda qor yogʻishi mumkin.

Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida meʼyoriy qiymatlarga yaqin boʻlgan fonda havo harorati kechalari +2…+7 daraja iliqdan -2…-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari +10…+15 darajadan -2…+3 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling