TIV Oʻzbekistondagi Rossiya fuqarolari majburan deportatsiya qilinadimi yoki yoʻqligini maʼlum qildi

Huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijlik fuqarolar deportatsiya qilinmaydi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilinganidan keyin Oʻzbekistonga kelgan rossiyaliklar soni sezilarli darajada oshdi. Bu boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Tashqi ishlar vazirligi soʻnggi paytlarda fuqarolarning Ukraina atrofidagi vaziyat boʻyicha tez-tez boʻlayotgan murojaatlariga munosabat bildirgan. Xususan,  Rossiyada eʼlon qilingan safarbarlikdan soʻng Oʻzbekistonga koʻchib oʻtishga qaror qilgan Rossiya fuqarolari soni keskin oshgani haqida xabarga munosabat bildirgan.

“Oʻzbekiston hududiga kelayotgan Rossiya fuqarolari sonining koʻpayishiga toʻxtaladigan boʻlsak, ularning mamlakatimizda boʻlish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinishi Oʻzbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va koʻp tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz”, — deyiladi TIV rasmiy bayonotida.

Shu bilan birga, boshqarmaning qayd etishicha, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilinmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling