Andijonda 7-sinf o'quvchi qiz o'qituvchini haqorat qilib, tepdi

Holat bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Andijon viloyati IIB oʻquvchi qiz oʻqituvchini haqorat qilib, uni tepgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf oʻquvchisi ustozini tepib, haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Qayd etiishicha, videoda aks etgan holat Ulugʻnor tumani “Mingchinor” MFYda joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabida sodir boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, oʻquvchi qiz tarix fani oʻqituvchisining darsiga xalal berib, sinfxona eshigini ochib-yopavergan. Shundan soʻng oʻqituvchi unga bu haqda aytgan va eshikni yopib qoʻyishini soʻragan. Janjal shundan kelib chiqqan

“Mazkur holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Vaziyatga toʻlaligicha oydinlik kiritilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi”, — deyiladi munosabatda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling