Foto: armenpress.am
Xitoy va Singapurlik olimlar guruhi Pekinda genipavirusning yangi turini aniqladi deb “Penpay” nashriga tayanib "РИА Новости" xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, virus hayvonlardan kelib chiqqan. Hozirgacha kamida 35 kishi bu kasallikka chalingan.
Lan'ya virusining belgilari orasida isitma, charchoq, yo'tal, ishtaha yo'qolishi, bo'g'imlar o'g'rig'i, shuningdek, ko'ngil aynishi mavjud. Olimlarning ta'kidlashicha, yangi infektsiya Nipah virusiga o'xshaydi, biroq o'lim yoki kasallikning og'ir kechishi holatlari kuzatilmagan. Shu sababli mutaxassislar “Lan'ya” odamdan odamga yuqishi mumkinmi yoki yo'qligini hozircha ayta olmaydi.
Singapur Milliy universiteti tibbiyot professori Van Linfa kasallik haqidagi noma'lum faktlarni hisobga olib, “Lan'ya” haqida hushyor bo'lish zarurligini ta'kidladi.