Foto: 1tv
Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda yashovchi ukrainaliklar Rossiyaga qo‘shilish haqidagi referendumlarda ovoz bersa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Irina Vereshchukning aniqlik kiritishicha, ovoz berish Ukraina Jinoyat kodeksining Ukraina hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish haqidagi moddasi ta’siri ostiga tushadi.
“Harbiy vaqt rejimi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, Ukraina hududida referendumlar taqiqlangan. Referendum tashkilotchilari va ishtirokchilari kodeksning 111-moddasiga ko‘ra jazolanadi — bu mol-mulkni musodara qilgan holda, 15 yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinib, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish demakdir”, — deya qo‘shimcha qilgan Vereshchuk.
Bir qator G‘arb mamlakatlari, xususan, Fransiya va Kanada referendumlar natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan.
AQSH esa ularni suverenitet tamoyillariga nisbatan haqorat deb atagan. Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqida tahdid qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy referendumlar haqidagi xabarlardan keyin Kiyevning pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling