Shveysariya Rossiyaning qariyb 10 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo'ydi

Rossiyada joylashgan jismoniy yoki yuridik shaxslardan 100 ming frankdan ortiq miqdorda depozitlarni qabul qilish taqiqlangan

Foto: Freepik<br>

Foto: Freepik

Shveysariya Rossiyaning 7,5 milliard frank (taxminan 8 milliard dollar) miqdoridagi moliyaviy aktivlarini muzlatib qoʻydi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hukumat Ukrainadagi harbiy amaliyotlar sabab Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar tufayli shunday qadam tashlagan.

“Shveysariya Yevropa Ittifoqining Moskvaga qarshi sanksiyalariga qoʻshilishga qaror qildi, bu esa banklarni sanksiyalar obyektiga aylangan mijozlar yoki firmalar haqidagi maʼlumotlarni uzatish majburiyatini yukladi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi vaqtda Shveysariya banklariga rossiyaliklar, Rossiyada joylashgan jismoniy yoki yuridik shaxslardan 100 ming frankdan ortiq miqdorda depozitlarni qabul qilish taqiqlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling