Foto: Tolonews
Afg'oniston yana O'zbekiston va Tojikistondan o'g'irlangan vertolyotlarni qaytarishni so'radi. Bu haqda muvaqqat hukumat mudofaa vazirligi vakili Inayatulloh Xorazmiy ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, vertolyotlar Afg'oniston xalqining mulki hisoblanadi.
Biroq, ma'lumotlarga qaraganda, Tolibon xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagani sababli jihozlarni qaytarib berishning iloji yo'q.
2021-yil dekabrida Tolibon muvaqqat hukumati rahbari o'rinbosari mulla Abdul G‘ani Baradar O'zbekistonni sobiq hukumat qulaganidan keyin afg'on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirgan edi.
2022-yilning yanvarida Tolibon mudofaa vaziri Mulla Yoqub O'zbekiston va Tojikistonni afg'on vertolyotlarini imkon qadar tezroq qaytarishga chaqirgan edi. Yakubning qayd etishicha, davlatlar Tolibonning sabr-toqatini sinovdan o'tkazmasligi va ularni tegishli choralar ko'rishga majburlamasligi kerak. Ammo keyinroq Tolibon matbuot kotibi Suhayl Shoxin aviatsiya texnologiyalari masalasidagi qarama-qarshiliklar O'zbekiston bilan munosabatlarga hech qanday ta'sir ko'rsatmasligini aytgan.
Keyinroq AQSh Mudofaa vazirligi Afg'onistondan O'zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan samolyot va vertolyotlar Tolibonga qaytarilmasligini ma'lum qilgan edi.