Rossiyaning Omsk viloyatida Oʻzbekiston fuqarosi Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirganlikda ayblanib 16 yilga qamaldi. Bu haqda Kvnews xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, erkak “Katiba Tavhid val-Jihod” xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzosi bilan yaqin aloqada boʻlgan. Shundan soʻng u ekstremistlar safiga qoʻshilish niyatini bildirgan va shu munosabat bilan bankdagi hisob raqamiga pul oʻtkazgan.
Viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tekshiruv tadbirlari yordamida fuqaro qoʻlga olingan.
Gumonlanuvchi terrorchilik faoliyatiga yordam berganlikda aybdor deb topilib, u 16 yilga qattiq rejimli koloniyada qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling