Green Card uchun arizalarni qabul qilish boshlanadi

Hujjat qabul qilish 8-noyabrgacha davom etadi

Foto: google source

Foto: google source

AQSh Davlat departamenti Green Card lotereyasi uchun onlayn ro'yxatdan o'tish boshlanganini e'lon qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Hujjatlarni qabul qilish bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi va 8-noyabr 21:00 gacha davom etadi.

Ro'yxatdan o'tish davrida bir nechta ariza topshirgan shaxslar diskvalifikatsiya qilinadi.

Ariza shakli uchun fotosuratlar ariza berishdan oldin 6 oy ichida olinishi kerak. Noto'g'ri yoki o'tkazib yuborilgan ma'lumotlar diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin.

Qabul qilingan yagona tasdiqlash raqami saqlanishi kerak, chunki lotereya natijalarini faqat 2023-yilning may oyida bilish mumkin bo'ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar