O‘zbekistonning barcha hududlarida Quyosh tutilishi hodisasi ro'y bermoqda.
Ko'pgina hududlarda jumladan, Toshkent shahrida ham havo bulutli bo'lganligi sababli ushbu hodisani ko'rish qiyinlashmoqda.

Nukusda quyosh tutilishi
Biroq, boshqa hududlarda yashovchi aholi bulutli ob-havo bo'lishiga qaramay, hodisani rasmga olishga muvaffaq bo'lgan.

Foto: Telegram
Mutaxassislarning xabar berishicha, quyosh tutilishi 2 soat 25 daqiqa davom etadi.

Foto: Telegram
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlangan bo'lib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keldi.

Foto: Telegram
O'zbekistonda quyosh tutilishi soat 17:38 da yakunlanishi aytilgan.
Quyosh tutilishini kuzatish uchun maxsus himoya vositalaridan foydalanish kerak.
Misol uchun: qora ko‘zoynak, qoraytirilgan shisha va shunga o‘xshash narsalar. Quyoshga himoya vositalarisiz qarash ko‘z salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.