Qashqadaryoda ijtimoiy tarmoq orqali o'zbeklarni haqoratlagan hindga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Hindistonda tugʻilgan shaxs Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Telegram messenjiridagi guruhda “Rahul” nomli foydalanuvchi ingliz tilida ishchi xodimlarini haqorat qilgan.

Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Indorama agro” MCHJ viloyat IIBga murojaat qilib, ushbu holat bir qancha ishchilarning eʼtirozlarga sabab boʻlganligini bildirlib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida telegram messenjerida haqoratli soʻzlarni ishlatgan shaxs Hindistonida tugʻilgan, hozirda “Indorama agro” MCHJda ishlovchi xodim ekanligi aniqlangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-modda (fuqarolarning teng huquqliligini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling