Yangiyo'lda tadbirkor 1,4 mlrd so'mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 10,5 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi

Foto: Energatika vazirligi matbuot xizmati<br>

Foto: Energatika vazirligi matbuot xizmati

Yangiyoʻl tumanida “tadbirkor” 1,4 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” va ishchi guruhlar tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Tadbir davomida Yangiyoʻl tumanida joylashgan “Spring Kolours Industriy” MCHJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonasi oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan holda foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Natijada 2,1 mln kVt-soat hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 1,4 mlrd soʻm qayta hisob amalga oshirilgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 10,5 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

“Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi”, — deb yoziladi xabarda.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlansh boʻyicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling