Foto: Repost.uz
Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 213-maktabda informatika o'z o'quvchisining akalari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu holat 3-noyabr kuni taxminan soat 9:15 larda, yaʼni tanaffus vaqtida maktab binosining 2-qavatida sodir boʻlgan.
Shu maktabni 2021-yil tamomlagan, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi 18 yoshli ikki o'smir maktabning informatika oʻqituvchisi bilan gap talashib, oʻqituvchiga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketishgan.
Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaro 213-maktabning 9-sinf oʻquvchisining akasi ekanligi aniqlangan.
Oʻqituvchi S.Axmedov, o'quvchisiga 1-chorakda informatika fanini yaxshi oʻzlashtirmaganligi sababli chorak baho qoʻymasligini aytganidan soʻng, oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. O'quvchi ushbu holatni akasiga aytgan.
Akasi esa vaziyatga oydinlik kiritish uchun oʻrtogʻi bilan maktabga kelib, oʻqituvchiga tan jarohati yetkazgan. Ushbu holatdan xabardor boʻlgan maktab rahbari S.Irgasheva oʻsha zahotiyoq IIOFMB ga xabar bergan.
Noxush holat boʻyicha hozirgi kunda Mirobod tumani IIOFMB da surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling