Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda qizlar oʻrtasida janjal yuz berganligi aks etgan videoxabar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 7-dekabr kuni soat 13:00 larda Paxtaobod tumani “Muazzimboy” MFY hududida joylashgan “Gumbaz” oshxonasi oldida shu tumaning “Qashqar” MFYda yashovchi 3 nafar opa-singillar hamda ularga oldindan tanish boʻlgan “Navroʻz” MFYda yashovchi qizlar oʻrtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalning kelib chiqishiga qizlarning bir-biriga haqoratli soʻzlarning aytilganligi sabab boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, chora koʻrishlik uchun JIB Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling